O‘tgan yilning avgust oyidan sentabrga qadar u ikki marta onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va Toshkentda ish topganini aytib, xavotir olmasliklarini so‘ragan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Andijon viloyatida tug‘ilgan Saidov Otabek Abdusamadovich 2019-yil iyul oyining oxirida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, “Muazzinboy” MFYda joylashgan uyidan Andijon sh. “Sanoat” MFY, 154-xonadonda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini olib ketish uchun chiqib, qaytib kelmagan.  

O‘tgan yilning avgust oyidan sentabrga qadar u ikki marta onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va Toshkentda ish topganini aytib, xavotir olmasliklarini so‘ragan. Boshqa hech qanday xabar kelmagan. Otabekning qidiruvi davom etmoqda.

Belgilari: bo‘yi 185-190 sm, gavdasi ozg‘inroq, sochlari qora, kalta, old tomonida sochi to‘kilgan, quloqlari o‘rtacha, burni uzun, to‘g‘ri, ko‘zlari qora.

Alohida belgilari: chap qoshining tepasida qor xoli bor.

Kiyimlari: qora rangli shim, oq ko‘ylak, qora poyabzal.

“Hurmatli fuqarolar! Saidov O.ning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.