Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning aytishicha, dunyodagi COVID-19 pandemiyasining tarqalishi ayrim davlatlarda yaxshilanishiga qaramasdan tezlashmoqda.

Foto: Sputnik

“Ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ochgach va ijtimoiy hayotga qaytgach muammoga duch keldi. Aksariyat odamlar virus oldida ojizligicha qolishmoqda. Hali uning tarqaladigan joylari bor… Achchiq haqiqat shundaki, vaziyat hali tugamagan”, – dedi u.

JSST Bosh direktorining ta’kidlashicha, 30-iyun kuni tashkilot Xitoyda noma’lum turdagi pnevmoniya turi haqida birinchi xabarlarni olgan vaqtdan boshlab olti oy bo’ldi.

Olti oy o’tgach, dunyoda bu kasallikka chalinganlar soni o’n millionga yetdi, 500 ming kishi vafot etdi.

Avvalroq, Tedros Adanom Gebreyesus dunyo pandemiyaning yangi va xavfli bosqichiga kirganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. Jon Xopkins universiteti so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda 10,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 501 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.