Belarus Ichki ishlar vazirligi prezidentlik saylovlarida qatnashayotgan va Aleksandr Lukashenkoga raqib bo‘lgan Valeriy Sepkaloga qarshi tekshiruv boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda RBK ma’lum qildi.

Foto: TASS

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Olga Chemodanovaning so‘zlariga ko‘ra, tekshirish Turkiya fuqarosining iltimosiga binoan amalga oshirilmoqda.

“Ichki ishlar vazirligiga dastlabki tergovni o‘tkazish uchun Bosh prokuratura tomonidan Turkiya fuqarosining Sepkalo V.V.ning noqonuniy faoliyati faktlari to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha materiallar kelib tushdi. Hozir tekshiruv olib borilmoqda”, – deya uning so‘zlarini keltiradi Tut.by nashri.

Avvalroq Belgazprombank ishi bo‘yicha bankir Vladimir Babarikoning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. U 9 avgust saylovlarida “Yevropaning so‘nggi diktatori” ga asosiy raqib sifatida ko‘rilgan edi.