O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Google

Qarorga ko‘ra, Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilandi (10 ta shtat birligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi).

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani va Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dastur yaratilishi haqida xabar qilingan edi.