Foto: Daryo

Xususan, Saudiya hukumati mamlakatga Umra amalini bajarish uchun keladigan ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladi.

Bundan tashqari, Saudiyaning “vakolatli sog‘liqni saqlash organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalishi aniqlangan” mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podshohlikka kirishiga vaqtincha taqiq qo‘yilgan.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash doirasida boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘rayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.