“Avito” saytida T-34-85 tanki sotuvga qoʻyish haqida eʼlon joylashtirildi.

Foto: Sputnik

Eʼlonda yozilishicha, jangovar mashina toʻliq restavratsiya qilinib, qurolsizlantirilgan. Tankning narxi koʻrsatilmagan. 

Keyinchalik bu eʼlon saytdan oʻchirildi. 

Bundan avval shu foydalanuvchi “Katyusha” raketa tizimini sotuvga qoʻygan. Sotuvchi uning qiymatini 5,2 million rublga baholadi.

T-34-85 – afsonaviy T-34 tankining modifikatsiyasi hisoblanadi, 1944 yilda bu tank bilan Sovet qoʻshinlari qurollangan. Oʻzidan oldingi tankdan asosiy farq – qurolning kalibri 85 mm.