Foto: Google

26 fevral kuni soat 22:37 da Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan savdo binolarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in – qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00-40 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 01:30 da batamom o‘chirildi, deyiladi xabarda.

Yong‘in maydoni 520 kvadrat metrni tashkil etgan.

“Hodisa oqibatida kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan”