Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlat komissiyasiga qat’iy karantin joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishni buyurgan.

Foto: Kazinform

“Bosh vazir boshchiligidagi tegishli Davlat komissiyasi doirasida pandemiya bilan kurashish, salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha barcha yechimlarni ishlab chiqishni topshiraman. Davlat komissiyasi muhim manbalarni taqsimlash ustidan markazlashtirilgan nazoratni ta’minlashi kerak. Mavjud epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha shoshilinch choralarni ko‘rish uchun Davlat komissiyasiga joriy yilning mart-may oylarida kuchga kirgani kabi ikki kun ichida qat’iy karantin joriy etish bo‘yicha taklifni ishlab chiqishni va menga taqdim etishni topshiraman”, – dedi Davlat rahbari.

Hozirga kelib ushbu mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 21,327 kishiga, vafot etganlar esa 183 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 501 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.