Parij sudi Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyonni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazoning uch yili soxta ishga yollanganlik holati bo’yicha sinov muddatini tayinladi, deya xabar beradi BFMTV kanali.

Foto: RIA Novosti

Sud Fiyonni davlat mablag’larini o’zlashtirishda aybdor deb topdi. Turmush o’rtog’i Fiyon Penelopa ham davlat mablag’larini o’zlashtirishda ishtirok etganlikda va yashirganlikda aybdor deb topildi. U sinov muddati bilan uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

2017-yilgi prezidentlik kampaniyasi davomida Fiyon va uning atrofidagi odamlar orasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Bu holat “Canard enchaine” nashrida chop etiilgan maqoladan so’ng boshlandi, unda sobiq bosh vazirning rafiqasi sakkiz yil davomida uning soxta parlament yordamchisi sifatida ish haqi to’langani haqida yozilgan.