Foto: Nuz.uz

Xabarda shunday deyiladi:

Yo’lovchilar va yo’lovchilarni kutib oluvchilar diqqatiga! Koronovirusning O’zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yo’lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o’tkazilgandan so’ng va “SARS” belgilari yo’qligi tasdiqlangandan so’ng, yo’lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.