Bu haqda AOKA anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan brifingda Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ma’lum qildi.

Foto: Google

2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son Prezident qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga “universitet” maqomi berildi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tarmoqlar va mehnat bozori talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bakalavriatda yangi 4 ta ta’lim yo‘nalishi qo‘shiladi.

Jumladan:

  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
  • Jurnalistika: xalqaro jurnalistika;
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari);
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

2 ta mutaxassislik 5A120305 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya hamda Turizm (yo‘nalishlar va faoliyat turlari) bo‘yicha qabul kvotalari shakllantirildi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab I bosqich talabalari o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish maqsadida yangi o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Mazkur o‘quv rejalarida YeCTS (Yevropa kredit transfer tizimi)ga muvofiq bakalavr darajasida talaba 240 ta va magistraturada 120 ta kredit fanlarni o‘zlashtirishi belgilandi.

2020-2021 yildan Universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy,koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan test sinovlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish uchun Davlat test markazi bilan hamkorlikda test materiallari bazalari yaratildi.

TDShU doktoranturasiga qabul kvotasini 23 taga ko‘paytirish, Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi; Etnologiya, etnografiya va antropologiya ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ‘ib etish Markazi o‘z ishini boshladi.

Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan hamkorlikda sharqshunoslik sohalari bo‘yicha maqsadli ilmiy loyihalarni tayyorlash ishlar davom etmoqda.