Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Andakli” gazkondensat konidagi 11-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJning axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: NTV

Shuningdek, quduqda 2048-2042 m., 2038-2036 m. intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari amalga oshirildi.

Natijada quduqdan kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun, “Andakli” gazkondensat koni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2019-yil ishga tushirilgan.