Tokio shahri aholisining yarmidan ko‘pi 2021-yilda yozgi Olimpiya o‘yinlarini shaharda o‘tkazishga qarshi chiqishgan. Bu haqda mahalliy Kyodo nashriga tayanib RBK xabar bermoqda. 

Foto: DW

26-28 iyun kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 51,7 foizi yangi muddatga ko‘chirilishiga yoki musobaqani butunlay bekor qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

So‘rovda qatnashgan shahar aholisining 46,3 foizi o‘z vaqtida Tokioda Olimpiada o‘tkazilishini ma’qullashgan. Qolganlari turnirga bo‘lgan munosabat haqidagi savolga javob bera olishmadi.

Tadqiqot Tokio MX tomonidan topshirilgan. Unda 18 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Shu yil yozda Tokioda yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda musobaqa tashkilotchilari uni bir yilga kechiktirdi. Hozircha ularni o‘tkazish 2021 -yil 23-iyuldan 8-avgustgacha rejalashtirilgan.

Iyun oyida Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Xaruku Takaxashi musobaqani qayta tayinlashga ruxsat berdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi tarqalishi holatlarida o‘yinlarning butunlay bekor qilinishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunday voqealar rivoji Yaponiya va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi.

Avvalroq, XOQ prezidenti Tomas Bax agar 2021-yilda Tokioda Olimpiada o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, tashkilot ushbu musobaqani bekor qilishi mumkinligini aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, o‘yinlarni qayta kechiktirish mumkin emas, chunki xalqaro federatsiyalar har yili musobaqalar taqvimini o‘zgartira olmaydi.