Foto: O’zA

Tashrif chog‘ida Kim In Og tuman hokimi U.Yalgashev boshchiligidagi tuman sektor rahbarlari bilan uchrashdi. Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tumanning mavjud iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, “The Rainbow” kompaniyasi prezidenti va tuman mas’ullari o‘rtasida tumanda Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan universitetlarning filiallarini ochish masalasi o‘rganib chiqildi.

O‘zaro muloqotdan so‘ng mehmonlar ochilishi rejalashtirilayotgan universitet binosi uchun mo‘ljallanayotgan qurilish kompleksi bilan tanishtirildi.