Jinoyat ishi bo‘yicha M.S., JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

musht jarohat
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati

Shu yil 11-iyun kunidan 12-iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S., lar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, M.S., fuqaro T.B., ni yuz sohasiga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada, T.B., Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S., JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fuqaro T.B., shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramsdan 2020-yil 22-iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Tergov departamentiga ko’ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.