Joriy yilning 21-27 iyun kunlari mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu davlatdan 1746 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

koronavirus uzbekistan airways aeraport samolyot evakuatsiya koronavirus janubiy koreya
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Ushbu muddatda Moskvadan ikkita (522), Yekaterinburg (267), Qozon (276), Novosibirsk (192) va Sankt-Peterburg (510) dan bittadan charter reys amalga oshirildi.

Mazkur reyslar orqali birinchi navbatda qariyalar, sog‘lig‘idan shikoyati bor insonlar, homilador va yosh bolali ayollar O‘zbekistonga qaytishdi.

Bundan tashqari, elchixona tomonidan o‘tgan bir haftada “Mehr” xayriya loyihasi doirasida moddiy jihatdan qiynalib qolgan 640 nafar vatandoshga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab berildi. Moddiy ko‘makning umumiy miqdori 4 million 282 ming 340 rublni tashkil qildi.

So’nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 29-iyun holatida Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 641,156 tani tashkil qilmoqda. Vafot etganlar umumiy soni esa 9166 tani tashkil qilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Seul – Tashkent – Seul va Toshkent – Istanbul – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.