2020-yilning 24-iyunida “Toshkent” Respublika fond birjasida “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 45 mlrd. so‘mlik korporativ obligatsiyalari joylashtirilishi yakunlandi. Bu ro‘yxatga olingan obligatsiyalarning 90 foizdan ortig‘ini tashkil etadi, deb xabar beradi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.

Foto: Spot

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB chiqargan korporativ obligatsiyalarning ro‘yxatdan o‘tgan hajmi 50,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Nominal qiymati – 1,0 mln. so‘m, muomala muddati – 7 yil (yoki joylashtirilgan kundan boshlab 2557 kun). Ushbu obligatsiyalarning daromadliligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga yiliga + 4% ni tashkil etadi. Obligatsiyalar bo‘yicha choraklik foiz to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan. Obligatsiyalar «Toshkent» RFB listingiga kirib, ochiq aylanishi mumkin.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB ning 100% aksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi.

Avvalroq bank yaponiyalik investorlarga sotishi haqida xabarlar tarqalgan edi.