Jahondagi eng yirik reklama beruvchilaridan biri Unilever Plc Facebookda reklama berishni boykot qilganidan so‘ng kompaniya aksiyalari 8,3 foizga arzonladi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Foto: Getty Images

Facebook nima uchun boykot qilindi

17 iyun kuni birdaniga bir nechta jamoat tashkilotlari faollari brendlarni Facebook’dagi reklamalarni to‘xtatishga chaqirdi. Ijtimoiy tarmoq yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari arafasida namoyishchilarni qo‘zg‘ash, irqchilik, nafrat va noto‘g‘ri ma’lumot berish bilan yetarli darajada kurashmayotganini asosiy argument sifatida keltirildi.

Faollar, shu bilan birga, Feysbukdan tazyiq bo‘yicha shikoyatlar moderatsiyasini kuchaytirishni, nafrat uyg‘otuvchi reklamalarni avtomatik ravishda o‘chirishni va ekstremistik kayfiyatdagi guruhlar yopilishini talab qildi.

Facebook’ni boykot qilishga 10 dan ortiq yirik kompaniyalar qo‘shildi:

  • Unilever Plc
  • Coca Cola Co.
  • Honda Motor Co.
  • Hershey Co.
  • Diageo Plc
  • PepsiCo
  • Verizon Communications Ins.
  • Levi Strauss & Co.
  • Diamond Foundry Inc.
  • Patagonia Inc.
  • Ben & Jerry’s Homemade Inc.
  • Viber
  • The North Face
  • REI
  • Upwork Inc.
  • Eileen Fisher Inc.

Shuningdek, nafaqat brendlar, balki kompaniyaning o‘zi bilan ishlayotgan agentliklar ham bu kompaniyaga qo‘shildi. Yirik reklama agentliklardan biri o‘zining 50 dan ortiq mijozlariga ijtimoiy tarmoqda reklama bermaslikni tavsiya qildi. 

Juma kuni Facebook kompaniyasining bozor bahosi 8,3 %ga yoki $56 mlrd.ga arzonladi. Kompaniya asoschisi Mark Sukerbergning boyligi esa $82,3 mlrd.gacha tushib ketdi.