Foto: O’zA

Xabarlarga qaraganda,samolyot bortida besh kishi bo‘lgan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vladimir Liga asoslanib mahalliy OAVning xabar qilishicha, samolyot uchuvchisi shifoxonaga yotqizilgan, qolgan to‘rt kishi esa yengil jarohat olgani va ularning hayoti xavf ostida emasligi uchun uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Aviatsiya rasmiylarining aytishlaricha, An – 2 samolyoti mahalliy “Orlan 2000” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, viloyat markazidan Aksuat tomon sanitar topshirig‘iga ko‘ra parvoz qilayotgan edi. Mahalliy vaqt bilan 12:50 da ekipaj “dvigatel’ bilan noqulay vaziyat yuzaga kelgani” borasida xabar bergan. Fuqaro aviasiya qo‘mitasining xabar qilishicha, havo kemasi Ust – Kamenogorsk aeroportidan bir yarim kilometr uzoqlikka qo‘nishga majbur bo‘lgan, uning bortida besh kishi: uch nafar ekipaj a’zosi va ikki nafar yo‘lovchi bor edi.

IIVning favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi samolyotning dvigateli yonib ketganini ma’lum qilgan.