Avvalroq The New York Times (NYT) gazetasi Rossiyaning Tolibon bilan til biriktirganligi haqida yozgan edi.

Foto: Centre1

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh razvedkasi Rossiyaning Afg‘onistonda AQSh harbiylarini o‘ldirgani uchun Tolibon tarafdorlariga mukofot taqdim etayotgani to‘g‘risida ishonchli ma’lumot topa olmaganini ma’lum qildi.

“Razvedka shunchaki ular bu ma’lumotni ishonchli deb bilmasliklarini va shu sababli menga yoki vitse-prezident Mayk Pensga xabar bermaganliklari haqida ma’lum qilishdi. Ehtimol, bu “The New York Times” soxta yangiliklar gazetasi tomonidan respublikachilarni nohaq fosh qilish uchun uyushtirgan Rossiya mavzusidagi yana bir uydirma gap!”, – deyiladi Trampning Twitter sahifasidagi postida.

Rossiya AQSh harbiylarini o‘ldirishda Tolibonga homiylik qilgani haqida shunga o‘xshash material 29-iyunga o‘tar kechasi Washington Post gazetasida e’lon qilindi. Gazetaga ko‘ra, bunday kelishuv natijasida AQShning bir necha harbiysi halok bo‘lgan.