AQSh Vakillar Palatasi demokratlar tomonidan kiritilgan politsiyani isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi, deb xabar beradi The Washington Post.

Foto: RIA Novosti

Hujjat “Jorj Floyd nomidagi adolatli politsiya akti” deb nomlanadi. U afro-amerikalik Jorj Floydning oʻlimidan keyin mamlakat boʻylab boshlangan irqchilik va politsiya zoʻravonligiga qarshi ommaviy namoyishlar ortidan kiritilgan. Uning qabul qilinishi uchun 236 kongressmen ovoz berdi, 181 qarshi ovoz.

Yangi qonun loyihasida politsiya hibsga olish paytida nafasni qisishni taqiqlandi. Shuningdek, u politsiyachilarning huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratilishini nazarda tutadi, uylarga kirish uchun ruxsat orderlarini berishni cheklaydi. Bundan tashqari, hujjat gumon qilinuvchilarga nisbatan asossiz zoʻravonlik ishlatgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga nisbatan jazoni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, qonun loyihasida shikoyatlar va bunday harakatlarning qaydlari toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash uchun politsiyaning notoʻgʻri harakatlari milliy reyestrini yaratish koʻzda tutilgan.

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining soʻzlariga koʻra, qonun loyihasi tizimli irqchilikka qarshi kurashishga va “politsiya faoliyati madaniyatini tubdan oʻzgartirishga” qaratilgan, natijada koʻp odamlar hayoti saqlanib qolinadi.

Endi hujjat Senat tomonidan maʼqullanishi kerak, unda respublikachilar koʻpchilikni tashkil qiladi, agar u maʼqullansa, imzo uchun prezidentga yuboriladi.