Foto: Sports

«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi. «Shaharliklar» Jezus va de Bryuynening gollari evaziga kambek qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Buning ustiga Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos qizil kartochka oldi va javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

«Yuventus» esa Fransiyada «Lion»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Tuzarning goli mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.

YeCHL, 1/8 final, 26 fevral

Real – Manchester Siti 1:2
«Santyago Bernabeu»
Gollar: Isko (60) – Jezus (78), de Bryuyne (83, penalti).
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema. 
Manchester Siti: Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandino, 33), Uoker, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri, Marez, Jezus.
Ogohlantirishlar: Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).
Chetlatish: Ramos (86).

Lion – Yuventus 1:0
«Grupama Stedium»
Gol: Tuzar (31).
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Denayer, Marsal, Dyubua (Tete, 78), Tuzar, Bruno Gimaraes, Auar, Korne (Andersen, 81), Toko-Ekambi (Tere, 66), Dembele. 
Yuventus: Shensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Rabo (Bernardeski, 78), Pyanich (Remzi, 62), Bentankur, Kuadrado (Iguain, 70), Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Marselo (28), Korne (61).