Koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bersa, dunyoda millionlab odamlar vafot etishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining strategik masalalar bo‘yicha yordamchisi Raneri Gerra ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

U koronavirus pandemiyasini XX asr boshlaridagi “ispan grippi”ga qiyoslab, pandemiya xuddi “JSST kutgandek avj olayotganini” aytgan.

“Ispan grippi” ham o‘zini hozirda koronavirus kabi tutgan. 1918-yilning yozida u biroz pasaygan va sentabr-oktabr oylarida keskin avj olgan hamda uning ikkinchi to‘lqinidan 50 million kishi halok bo‘lgan. Pandemiya o‘zini biz kutayotgandek tutmoqda, — deydi Gerra.

JSST vakilining bu bayonoti Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalarida karantin cheklovlari yumshatilayotgani sabab e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 10,1 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 501 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.