Kuchli yomg’ir Xitoyning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Sichuan provintsiyasida sodir bo’ldi va 12 kishi halok bo’ldi. Bu haqda Sinxua agentligiga tayanib TASS xabar qilmoqda.

Foto: Kazinform

Xabarga ko’ra, yana 10 aholisi bedarak yo’qolgan. Kuchli yomg’ir mahalliy suv toshqinlariga olib kelgan, shu sababli hukumat 7,7 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilishga majbur bo’lgan.

Qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 9,8 mingdan ortiq Xitoy fuqarosi yuqori xavfli hududda. Kuchli yomg’ir transport harakatini cheklashga olib keldi, bir qator binolarni vayron qildi va qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarga zarar keltirdi.