Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20-iyun kuni bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018-yilda birinchi marotaba insult bo‘lgan) o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: SSV axborot xizmati

Bemorda 22-iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas berish apparatiga olingan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan ham nazoratga olinib, bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilgan.

Biroq shu soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq, bugun O’zbekistonda koronavirusga chalingan ilk shifokor vafot etgani haqida ham xabar berilgan edi.