Turkiyaning Mugla provinsiyasida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo’ldi, deya xabar beradi Turkiya ommaviy axborot vositalari.

Foto: Google

Ma`lumotlarga ko’ra, yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 20:43 (Toshkent vaqti bilan 22:43) da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Marmarisda bo’lgan.

Zilzila markazi 5,6 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila Izmir va uning atrofidagi viloyatlarda ham sezilgan.

Viloyat hokimining ta’kidlashicha, vayronagarchilik va qurbonlar qayd etilmagan.