Voqea joriy yilning 27-iyun kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 18:30 lar chamasida sodir bo’lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Qumqo‘rg‘on tumanida shu yilning 27-iyun kuni tuman Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Profilaktika inspektorining xabariga ko‘ra, taxminan soat 18:30 lar chamasida, tumanning “Achamoyli” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-101 avtomobil yo‘lining 16 kilometrida, Termiz shahri “Do‘stlik” mahallasida yashovchi B.Sh. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtoulovi harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Qumqo‘rg‘on tumani “Arslonboyli” mahallasida yashovchi J.F. boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtoulovi bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Matiz” rusumli avtoulovi yo‘lovchilari, Termiz shahrida yashagan J.M. va haydovchi B.Sh. ning qaramog‘idagi farzandi voyaga yetmagan N.N. lar “hayot uchun xavfli bilan og‘ir” tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

Viloyati IIB bergan ma’lumotiga ko’ra, holat yuzasidan 27-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.