2020-yil 28-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7948 (+135) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining 108 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5329 (+89) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2597 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.