FVV xabariga ko’ra, bugun, 28-iyun kuni soat 14:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Ohongaron shahar, “Guliston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Buning oqibatida ushbu hududning 190 m.kv. maydoni, ya’ni, do‘konning shifti va ichki jixozlari hamda oziq-ovqat maxsulotlariga zarar yetgan.

Mazkur xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etadilar. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 90 m.kv. saqlab qolingan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga “Damas” hamda “Zil”-130 rusumli avtomobillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Boshqarma qo’shimcha qilishicha, kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.