Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Arizada “Barkamol avlod” maktabi yonidagi maydonda, noma’lum fuqaro tomonidan o‘g‘li 2007 y.t. voyaga yetmagan F.A.ga tegishli bo‘lgan “Iphone – 6” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan va noma’lum shaxsni aniqlab va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni Urgut tumani Qumzor ko‘chasida yashovchi, Urgut tumani hunarmandchilik kasb-hunar kolleji 3-bosqich talabasi, 2001 y.t. S.Sh. sodir qilganligi aniqlanib, undan “Iphone – 6” rusumli telefon apparati holislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169 – moddasi 1 – qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.