Koronavirus pandemiyasi yana 2-3 yil davom etishi mumkin, dedi Eron Sog’liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Foto: RIA Novosti

“Oldingi pandemiya tajribasini hisobga olgan holda, dunyoni yangi paydo bo’lgan COVID-19 pandemiyasi yana ikki-uch yil davomida qamrab olishi mumkin”, – dedi u nashrga bergan izohida.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olish holatlari soni 220,180 nafarga, qurbonlar esa 10,364 kishiga yetgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 498 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.