Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Bugungi kunda barcha zamonaviy yechimlar ma’lumotlarga asoslanadi va ma’lumotlarni boshqarishning samarali tizimi xavfsiz va dinamik muhitni saqlash va biznes innovasiyalarini rag‘batlantirishning kalitidir.

Sessiyada ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha katta yechimlarning yangi to‘plami – “SAP Digital Platform” taqdim etildi. Ushbu kuchli platforma barcha ma’lumotlarni yagona muhitda kirishga, ulanish va turli xil manbalardan ommaviy ravishda harakat qilmasdan ma’lumot to‘plashga, shuningdek mahalliy, gibrid va ko‘p bulutli arxitektura uchun markazlashtirilgan ma’lumotlarni boshqarish tizimiga asoslangan.

“SAP Cloud Platforma” esa dasturlarni yaratish, kengaytirish va birlashtirish uchun optimllashtirilgan. Platforma ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlashning moslashuvchan tizimi rivojlanish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va ortiqcha IT infratuzilma resurslarini talab qilmaydi.

SAP S/4HANA – bu in – memory hisobiga asoslangan maxsus ERP dasturi bo‘lib, SAP S/4HANA aqlli korxonaning asosidir.

Anjumanda Kompaniya xodimlari SAP raqamli texnologiyalariga oid kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan bir qatorda, “O‘zbekneftgaz” AJda SAP ERP korporativ axborot tizimini joriy qilish bosqichlari yuzasidan SAP ekspertlari va vakillari bilan amaliy hamkorlik bo‘yicha reja-dasturlar ishlab chiqildi.