Foto: RIA Novosti

Jazoir markazidagi Medeya viloyatida mina portlashi oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo’ldi, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib RIA Novosti nashri.

Vazirlik ma’lumotlariga ko’ra, shanba kuni kechqurun Jazoirning milliy armiyasi bo’linmalari Ued at-Takuk hududiga zarba bergan paytda mina portlagan.

Xabar qilinishicha, Jazoir armiyasining serjanti va kapitani portlash qurboni bo’lgan.

Hozircha boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.