2020-yil 28-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtimizning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Shunday qilib, yurtimizda 5248 (+8) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.