Rossiya prezidenti Vladimir Putin har uch-to’rt kunda koronavirus uchun test topshiradi, ularning barchasi salbiy natija bermoqda.

Foto: RIA Novosti

“Doimiy ravishda, har uch-to’rt kun”, – dedi Prezident Rossiya 1 telekanaliga bergan intervyusida.

Ularning salbiy ekanligi haqida so’ralganda, prezident: “Xudoga shukur, ha”, – dedi.

Rossiya davlatida hozirga kelib aniqlangan koronavirus holatlari soni 634,437 nafarga, kasallik qurbonlari esa 9073 kishiga yetgan.