Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktor o‘rinbosari Sumiya Svaminatan dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar sonini ma’lum qildi.

Foto: Kazinform

“Ixtiyorimizda turli sinov bosqichlarida bo‘lgan 200 ga yaqin vaksina borligi yaxshi yangilik. Ulardan 15 tasi odamlarda sinab ko‘rilmoqda”, — deya uning so‘zlarini keltirgan The Indian Express.

Ta’kidlanishicha, tashkilot koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflaydi. Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, bu aqlga sig‘maydi, negaki, odatda in’yeksiya ishlab chiqarish uchun taxminan 10 yil vaqt kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 498 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.