Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 634 mingdan oshdi. Bu haqda 28-iyun, yakshanba kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: Izvestiya

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +6791 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 634,437 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 9073 o’lim qayd etilgan, 399,087 kishi infeksiyadan davolandi.

27-iyun holatiga ko’ra, Rossiya 85 mintaqasida 627,646 ta infeksiyani qayd etdi. Xabar qilinishicha, butun davr mobaynida jami 8969 kishi vafot etgan, 393,352 kishi tuzalib ketgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 498 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.