Foto: Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Xodimlardan iborat 20 ta guruhlar tomonidan Namangan shahrida, Namangan, Chust va Pop tumanlarida tungi soat 20:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etilgan tadbirda jami 84 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Jumladan, Pop tumanida Matiz hamda Cobalt rusumli transport vositalarini me’yoriy hujjatlarsiz mast holda boshqarib kelayotgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Xuddi shunday salbiy vaziyatlar Mingbuloq, To‘rqo‘rg‘on, Norin, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida ham kuzatilib qoidabuzarlarga qonuniy jazo qo‘llanildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, o‘tkazib borilayotgan bu kabi reyd tadbirlari haydovchilardan jarima undirish ularga iqtisodiy zarar yetkazish emas aksincha qoidabuzarliklar orqali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan YTXlarni oldini olishdir, deyiladi xabarda.