AQSh razvedka idoralari Rossiya Afg‘onistonda AQSh harbiy kuchlarining o‘ldirilgani uchun Rossiya hukumati o‘z hududida taqiqlangan Tolibon tarafdorlariga yashirin mukofot taqdim etganini aniqladi.

Foto: RIA Novosti

Bu haqda The New York Times (NYT) nashri o‘z manbalarga tayanib xabar bermoqda. Nashrning ta’kidlashicha, hozir Vashington Moskvaning harakatlariga rasmiy munosabat bildirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Qo‘shma Shtatlar razvedkasi qo‘lga olingan terrorchilar va jinoyatchilarni so‘roq qilish asosida Rossiya Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari tarkibiga kiruvchi AQSh harbiylarini o‘ldirishda ishtirok etgan degan xulosaga keldi. Qotilliklar qay tarzda to‘langan va ularning narxi qanaqa bo‘lganligi haqida gazetalarda aytilmagan.

NYT suhbatdoshlariga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari 2019-yilga taalluqli. 2019-yilda AQShning 20 harbiysi Afg‘onistonda halok bo‘lgan, ammo ulardan qaysilarining o‘limi uchun Rossiya mukofotlagani ma’lum emas. 

Nyu York Times xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaning so‘nggi bir necha oy ichida qilgan harakatlariga javob choralari ustida ish olib bormoqda. Oq uy sanksiyalarni qo‘llash variantini ham, norozilik notasini e’lon qilishni ham ko‘rib chiqmoqda. Manbalar Vashington nima uchun javob haqida rasmiy bayonot bermaganligini ma’lum qilmadi.

Gazeta bilan bog‘langan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Oq uyning ayblovlaridan bexabarligini aytdi. “Agar kimdir ularni taqdim etsa, biz javob beramiz”, – deya qo‘shimcha qildi Peskov. Tolibon vakili, shuningdek, Milliy Xavfsizlik Kengashi, Pentagon, Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish jarayoni davom etmoqda. 2018-2019 yillarda Afg‘onistonda tinchlik muammosi doimiy ravishda buzilib, afg‘onlararo muzokaralar keyinga qoldirildi. 2020-yil 29-fevralda AQSh va Tolibon o‘rtasida xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqilishi, asirlarning har ikki tomondan ozod etilishi va Tolibon ishtirokida yangi hukumat tuzilishini o‘z ichiga olgan tinchlik bitimi imzolandi. 14-iyun kuni rasmiy Kobul va Tolibon afg‘onlararo muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazishga kelishib oldilar.