So’nggi kun davomida Xitoyda koronavirus infeksiyasining 17 ta yangi holati va yetti asemptomatik tashuvchisi aniqlandi, shuningdek yana yetti bemor kasalxonadan chiqarildi, deya xabar berdi mamlakat Sog’liqni saqlash davlat qo’mitasi.

Foto: RIA Novosti

17 ta yangi holatdan 14 tasi mahalliy (hammasi Pekinda), uchtasi import qilinganligi aniqlangan.

Umumiy olganda, materikl Xitoyda epidemiya paytida 83,500 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 78,451 kishi ushbu kasallikdan tuzaldi, 415 nafar bemor kasalxonalarda qolmoqda, 4634 kishi vafot etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 498 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.