Qozog’istonda kasalxonalardan tashqarida o‘lgan olmaotaliklarning jasadlarini majburiy tartibda koronavirusga tekshiruvdan o‘tkazmay dafn etishga ruxsat berildi. Ushbu qarorni 25-iyun kuni shaharning bosh sanitar vrachi Jandarbek Bekshin imzoladi, deya xabar beradi “Perviy kanal Yevraziya”.

Foto: RIA novosti

Bekshin bungacha o‘nlab odamlar o‘z yaqinlari va qarindoshlarini dafn eta olmasligiga sabab bo‘lgan talabni bekor qildi, negaki dafn marosimlari agentliklari va o‘likxonalar faqat koronavirus mavjudiligi manfiy natija bergan murdalarnigina qabul etib kelgan edilar.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozog‘istonni infeksiya yuqtirish jarayoni tez kechadigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritib qo‘ydi. Bu holat epidemiyaning ikkinchi to‘lqini vujudga kelishini hamda sog‘liqni saqlash tizimini halokatli ahvolga keltirib qo‘yish tahdidini keltirib chiqaradi.

Hozirga kelib ushbu mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 20,780 kishiga, vafot etganlar esa 166 nafarga yetdi.