Foto: RBK

Mamlakat sobiq rahbari bilan vidolashuv marosimi Misr poytaxti sharqidagi Husayn Tantaviy masjidida janoza namozi bilan boshlandi. Sobiq prezidentning jasadi qo‘yilgan tobut masjidga vertolyot bilan yetkazilgan. Uning o‘g‘illari Alaa va Gamal otasi bilan vidolashish uchun Misrning oliy darajali rahbariyati va sobiq prezidentning tarafdorlari bilan keldi. Masjid hududida Misr armiyasining turli bo‘linmalari soqchilari saf tortdi.

Husni Muborak 25-fevral, seshanba kuni, 91 yoshida vafot etdi. Misr hukumati mamlakat sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Husni Muborak 25-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da vafot etgan. Shifokorning uni qutqarish uchun barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.