Qirg’iziston prezident apparati xodimlari koronavirusga tekshirildi, infeksiya 26 kishidan topildi, deya xabar beradi mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Foto: Kabar KG

“Tahlillarga ko’ra, 26 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ikki kun oldin 11 kishida ijobiy natija tasdiqlandi, yana 15 xodimda esa COVID-19 ikkinchi tahlilda aniqlandi. Ular orasida bosh vazirning maslahatchilaridan biri Artem Novikov va bosh vazirning yordamchisi ham bor”, – dedi matbuot kotibi.

Unga ko’ra, hukumat apparati rahbari vazir Taalaybek Temiraliev kasallanganlar bilan aloqada bo’lgan shaxs sifatida hozirda izolyatsiyada qolmoqda.

Bugungi kunda Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4513 kishiga yetdi. 46 kishi kasallikdan vafot etdi. 2212 bemor sog’ayib, shifoxonalardan chiqarildi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 488 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.