Kuchli yomg’irdan so’ng Qozog’iston poytaxti Nur-Sulton yana suv ostida qoldi, yomg’irning oqibatida 140 ta maxsus texnika jalb qilindi, deb xabar beradi RIA Novosti shanba kuni shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Mail ru

Jumadan shanbaga o’tar kechasi Nur-Sultonda kuchli yomg’ir yog’di, bir qator ko’chalar suv ostida qoldi. Bu bir oy ichida uchinchi kuchli yomg’ir, shahar hokimiyati suv bosgan ko’chalardan suvni tortib tashlashga majbur bo’lishmoqda.

“140 ta maxsus texnika jalb qilindi, 20 ming kubometrdan ortiq yomg’ir suvni tortib olindi”, – dedi ma’muriyat xodimi RIA Novosti agentligiga.

Ma’muriyatning ta’kidlashicha, bu safar Imanova ko’chasi juda qattiq suv ostida qolgan, chunki “Molodyojny” ko’chasida qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish esa 2021-yilda to’liq yakunlanadi.

Aprel va may oylarida yomg’ir natijasida poytaxtning bir qator ko’chalari suv ostida qolgan. Avvalroq, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari istehzo bilan poytaxtni “Nur-Venetsiya” deb atashdi. Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev ham Qozog‘iston poytaxtini Venetsiya bilan taqqoslagan.