Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Eron tomoni Tehron yaqinida urib tushirilgan Ukraina samolyotidan topilgan qora qutini 20-iyulda Fransiyaga taqdim etishini tasdiqladi.

Foto: AP Photo / Sven Kaestner

Bu haqda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti oʻzining “Twitter”dagi rasmiy sahifasida maʼlumot bergan. “Bu bilan Eron barcha tomonlarning qiziqish va talablariga koʻra ish tutgan boʻladi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq REGNUM Fransiyaning tegishli tashkiloti 20-iyuldan halokatga uchragan Ukraina samolyotidagi qora quti yozuvlarini tadqiq qilishga kirishishini maʼlum qilgan edi.