Gollivudning SK Global Entertainment kompaniyasi Xitoyda koronavirus tarqalishining dastlabki haftalari va noma’lum virusga duch kelgan shifokorlar atrofida paydo bo’lgan halokatli oqibatlar haqida yangi film ustida ish boshladi, deya xabar beradi Wall Street Journal.

Foto: Dunyo

Kinorejissyorlar filmni Xitoyda 2021-yil boshida suratga olishni boshlashadi deb umid qilishmoqda, ammo bu rasmiylarning ruxsatini talab qiladi.

Ssenariy muallifi Oskar mukofoti sovrindori Charlz Rendolf. Uning so‘zlariga ko‘ra, film triller sifatida emas, balki tibbiy drama sifatida yaratiladi. Kino syujetida koronavirus tarqalishining ilk haftalari va shifokorlarning noma’lum halokatli infeksiya bilan kurashi aks etadi.

Ssenariy muallifining qayd etishicha, u o‘z oldiga deyarli hech narsa ma’lum bo‘lmagan kasallik bilan kurashgan shifokorlar va hamshiralarning ishlariga alohila e’tibor qaratish vazifasini qo‘ygan.

Yirtqich hayvon bilan kurashish boshqa, zulmatda yirtqich hayvon bilan kurashish umuman boshqa, — deya izohlagan u bu holatni.

Film rejissyorlari 2021-yilda boshlanadigan suratga olish ishlari uchun Xitoy hukumatidan ruxsat olishni kutishmoqda. Uni suratga olish uchun qancha vaqt sarflanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 488 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.