AQShda kecha, juma kuni koronavirus infeksiyasining yangi holatlari soni 45,242 tani tashkil etdi va kunlik rekord yangilandi, deya xabar bermoqda Reuters nashri.

Foto: TASS

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning 125 mingdan ortig’i vafot etgan. Bugungi kungacha AQShda 2,467 510 yuqtirish holatlari qayd etilgan, 663 mingdan ortiq odam tuzalib ketgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kuzatilsa-da, o‘lim hollari kamayib borayotganini aytgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,7 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 493 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.