Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari va sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2020” tadbiri uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Jumladan, kuni kecha YHXB xodimlari tomonidan giyohvandlik moddasi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro qo‘lga olindi.

– Hozirgi kunda Respublikamiz qatorida Toshkent viloyati hududida “Qoradori-2020” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu esa biz xodimlardan o‘ta sergaklik va hushyorlikni talab etadi, -deydi Quyi Chirchiq tuman IIB YHXB boshlig‘i kapitan R. Alimov. – Shu kuni ham tezkor xizmat vakillari bilan hamkorlikda xizmat olib borayotgan edik. Xizmat jarayonida bir fuqaro bizni ko‘rib o‘zini noodatiy tuta boshladi. Fuqaroni guvohlar ishtirokida tekshirilganda yonidan giyohvandlik moddalarga o‘xshash modda topildi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, ushbu modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi uning og‘irligi 1 kg. 637 gramm ekanligi aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB qayd etishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan, tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi, “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.