AQShda rasman koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlandi. The Time nashri xabar qildi.

Foto: Google

“Payshanba kuni 37,077 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlandi: bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik oʻsishning eng yuqori koʻrsatkichi”, – deyilgan xabarda.  

Texas, Kaliforniya, Floridada kunlik oʻsish holatlari boʻyicha rekord qayd etildi.

Gubernatorlar karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatish boshlagandi.

Florida gubernatori Ron Desantisning soʻzlariga koʻra, holatlarning oʻsishi virusga test olish soni koʻpayganiga bogʻliq. Ammo tanqidchilar esa karantin choralarining yumshatilishi – asosiy rol oʻynadi, deb hisoblashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQShda 2,41 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 122,550 kishi vafot etdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 9,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 488 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.