Foto: 112.uz

Endilikda ijtimoiy tarmoq ushbu virusni davolash yoki oldini olish haqidagi reklamalarni taqiqlaydi.

Facebook vakili nashrga bergan bayonotida “Biz yaqinda koronavirus haqidagi yoki uni davolash yoki oldini olishni kafolatlaydigan reklamalarni taqiqlash siyosatini amalga oshirdik,” deb aytgan.

Boshqa texnologik platformalar singari Facebook ham vahimali suhbatlar va so‘nggi bir necha oy ichida dunyo bo‘ylab 79,000 dan ortiq odamni xastalikka yo‘liqtirgan va 2600 dan oshiq odamlarni o‘ldirgan COVID – 19 haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashmoqda.

Facebook shubhali xabarlarni tekshirish va keyinchalik ularni yangiliklar lentasidan o‘chirish uchun tekshiruvchi vositalardan foydalanadi va yanvar oyining oxirida turli xil tashkilotlar tomonidan chiqarilgan va bunga ishongan odamlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan epidemiya haqidagi yolg‘on ma’lumotni zudlik bilan yo‘q qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rayotganini e’lon qildi.

Shu bilan birga, Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarga tibbiy niqoblarni ommaviy ravishda sotib olish va sotish uchun murojaat qilmoqdalar – bu tibbiyot mutaxassislarining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan narsalar.

Boshqa texnologik kompaniyalar ham epidemiya atrofida turli xil yoqimsiz ishlarni boshdan kechirishmoqda. Seshanba kuni, Wired xabariga ko‘ra, Amazon dagi ayrim uchinchi tomon sotuvchilari o‘zlarining narxlarini odatdagi chakana narxlardan bir necha baravar oshirib, niqoblarni qidirayotgan xaridorlarga murojaat qilmoqdalar.